Karrager "Liverpul" to‘g‘ri ish qilayotganini tushuntirdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager misrlik vinger Muhammad Salohning shartnoma holatini tahlil qildi.
U klub to‘g‘ri ish olib borayotganini ta’kidladi. Afsonaviy futbolchi mersisaydliklar o‘zlariga mos deb bilgan ishni qilishlari kerakligini tushuntirdi.
"Saloh va van Deyk bilan hech qanday muammom yo‘q. Ular "Liverpul"ning eng zo‘r ikki futbolchisi. Men u ikki yilga imzo chekmasligi kerak, katta pul olmasin, demayman. Hozir u juda ko‘p pul topadi. To‘g‘ri, u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Ammo bu klubda "unga xohlagan narsani bering" degan fikr ishlamaydi. Klub muvaffaqiyati shundan kelib chiqadi", dedi Karrager.
Muhammad Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida 20 ta o‘yin o‘tkazdi. Ularda u 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.