Xeytinga "Liverpul"ni tark etishi mumkin
"Vest Bromvich" Karlos Korberan bilan xayrlashganidan keyin yangi bosh murabbiy qidirmoqda.
Ispaniyalik mutaxassis bir necha kun avval “qoraquloqlar” bilan xayrlashgan va uyiga jo‘nab ketgan.
Football Insider xabariga ko‘ra, Jon Xaytinga "Vest Bromvich" boshqaruviga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Yozdan buyon ushbu mutaxassis "Liverpul"da Arne Slot shtab-kvartirasida ishlab kelmoqda. Endi 41 yoshli mutaxassis o‘z faoliyatida yangi vazifani bajarishi mumkin.