Arne Slot: "Yoshligimda murabbiy bo‘lishimni bilardim"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yoshligidan murabbiy bo‘lishni orzu qilganini aytdi. Avvalroq, niderlandiyalik mutaxassis "Feyenoord"da ishlagan.
"O‘ylashimcha, men yoshligimda murabbiy yoki menejer bo‘lishni xohlayotganimni bilardim. Otam havaskorlar to‘garagida murabbiy bo‘lgan, o‘zi ham o‘qituvchi bo‘lgani uchun doim band edi. U mendan uning o‘rniga dars o‘ta olamanmi, deb tez-tez so‘rardi va bu menga doim yoqardi", — deydi Slot.
"Liverpul" Angliya Premyer-ligasining 2024/2025 yilgi mavsumining 9-turidan so‘ng, turnir jadvalida peshqadam "Manchester Siti"dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.