Indoneziya klubi o‘yinni 12 futbolchi bilan yakunladi
Indoneziyalik klubdan g‘alabani saqlab qolish bo‘yicha maxsus "layfhak".
"PSM Makassar" "Barito Putpa"dan 3:2 hisobida oldinda edi va o‘yinning so‘nggi soniyalarini maydonda 12 kishi bilan himoyada o‘tkazdi.
Yigitlar ko‘pchilik bo‘lib g‘alabani saqlab qolishdi, ammo raqib e’tiroz bildirdi va qoidabuzarlarga texnik mag‘lubiyat berilishini talab qildi.
"Makassar" vakillarining ta’kidlashicha, hammasiga 90+7-daqiqada uch marta almashtirish paytida chalkashib ketgan va vaziyatni nazorat qila olmagan hakamlar aybdor.