"Sporting" ustozi "Arsenal"dan yirik hisobdagi mag‘lubiyat sabablarini aytib o‘tdi
"Sporting" bosh murabbiyi Joau Pereyra Chempionlar ligasining 5-turi doirasidagi "Arsenal"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:5) haqida fikr bildirdi.
"Biz o‘yinni unchalik yaxshi boshlamadik, erta gol o‘tkazib yubordik, bu esa jamoaga ta’sir qildi. Yigitlar birinchi bo‘limda uchta gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng, yomon holatga tushib qolishdi.
Tanaffusdan keyin tiklandik, oradagi farqni tezda qisqartirdik, ammo keyin penaltidan to‘rtinchi golni o‘tkazib yubordik va hammasi qiyinlashdi", - deya Pereyraning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
“Arsenal” 10 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 10 ochko bilan 8-o‘rinda borayotgan “Sporting”ni ortda qoldirib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.