Vitinya: "Bavariya" - "PSJ" o‘yini qizil kartochkasiz boshqacha bo‘lardi"
"PSJ" yarim himoyachisi Vitinya YECHL 5-turi doirasidagi "Bavariya"dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
"Qiyin... biz borimizni berdik, qizil kartochkasiz o‘yin boshqacha bo‘lardi, degan taassurot paydo bo‘ldi. Bizda yaxshi jamoa bor va biz top-jamoalarni mag‘lub eta olamiz, deyishdan to‘xtamayman. Bu Chempionlar ligasida omadimiz kelmadi”, dedi Vitinya.
“Bavariya” 9 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "PSJ" 26-o‘ringa tushib ketdi (4 ochko).