Jahon chempioni "Roma"da qolishga qaror qildi
Leandro Paredes "Roma"ni tark etish fikridan qaytdi, deya xabar berdi insayder Nikolo Skira.
30 yoshli futbolchi Ivan Yurichning iste’fosidan so‘ng yanvarda rimliklar safini tark etishga hozirlik ko‘rayotgandi, ammo Klaudio Ranyeri kelganidan so‘ng vaziyat o‘zgardi.
2022 yilgi jahon chempioni amaldagi shartnomasi yakunigacha (2025 yil, iyun) klubda qoladi.