"Inter" yarim himoyachi bo‘yicha APLdan tushgan taklifni rad etdi
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachi Kristyan Asllanini sotishdan bosh tortdi.
Yaqinda Angliya Premyer-ligasining nomi oshkor etilmagan klubi 22 yoshli futbolchi uchun foydali taklif bilan chiqdi, biroq "neradzurrilar" rad javobini berishdi, deya xabar beradi insayder Nikolo Shkira. A Seriya giganti rahbariyati albaniyalik futbolchining muvaffaqiyatidan mamnun va uni yorqin kelajak kutayotganiga ishonmoqda.
Asllani joriy mavsumda Simone Indzagi shogirdlari safida barcha turnirlarda 12 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.