Kompani Keynning jarohati haqida gapirdi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompanidan jarohati tufayli so‘nggi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan hujumchi Xarri Keynning holati haqida so‘rashdi.
«U asosiy tarkibda bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozir aytmoqchi emasman. Bugungi mashg‘ulot muhim ahamiyatga ega. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, u o‘ynaydi degan umiddaman. Keyn va Devisning mashg‘ulotlarga qaytishi ajoyib. Keynning o‘rnini bosa olmasligimiz haqida avvalroq aytgandik. Xarri jarima maydonchasida qayerda bo‘lishni aql bovar qilmaydigan darajada his qiladi. Jarima maydonida u dunyoning eng yaxshilaridan biri», dedi Kompani jurnalistlarga.
Juma kuni «Bavariya» 2024 yildagi so‘nggi o‘yinini o‘z maydonida «RB Leypsig»ga qarshi o‘tkazadi.