Kompani: "Keyn hech qachon gollarga to‘ymaydi"
"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani myunxenliklar hujumchisi Harri Keynning "Shtutgart"ga qarshi o‘yini haqida gapirdi.
Ushbu o‘yingacha ingliz futbolchisi uchta uchrashuvda gol ura olmagandi.
"To‘g‘risini aytsam, Xarri o‘tgan o‘yinlarda gol urganmi yoki yo‘qmi, deb bir soniya ham o‘ylaganim yo‘q.
Uning qanday fazilatlari borligini bilaman. Keyn hech qachon gollarga to‘ymaydi, hatto mashg‘ulotlarda ham.
Ba’zida Xarrining jamoa uchun qanchalik mehnat qilishini unutib qo‘yishadi.
U har doim gol urgan va hamisha gol uradi. Bu o‘zgarmaydi", - dedi Kompani.