Kompani Keyn qachon maydonga qaytishini aytdi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani hujumchi Xarri Keynning ahvoli haqidagi savolga javob berdi.
Shanba kuni myunxenliklar joriy Bundesligadagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilishdi - 1:2 hisobida «Mayns»ga qarshi. Angliyalik forvard jarohati tufayli yana maydonga tushmadi - u ketma-ket to‘rtinchi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
«Keyn yaxshi harakat qilmoqda. U bugungi o‘yinda maydonga tushishga deyarli tayyor edi, shuning uchun keyingi safar u albatta maydonga tushadi degan umiddaman», - dedi Kompani matbuot anjumanida.
20 dekabr kuni «Bavariya» o‘z maydonida «RB Leypsig»ga qarshi o‘ynaydi, shundan so‘ng Bundesligada qishki tanaffus boshlanadi.