Deku so‘nggi muvaffaqiyatsizliklar fonida Flik bilan munozaralar olib bordi
"Barselona" sport direktori Deku bosh murabbiy Xans-Diter Flik bilan jamoadagi vaziyatni muhokama qildi.
"Ko‘k-anorranglilar" nemis murabbiyi qo‘l ostida dastlabki oylarni bexato o‘tkazdilar, biroq noyabr oyidan boshlab La Ligadagi vaziyat keskin yomonlashdi. Diario AS xabariga ko‘ra, Deku yaqinda Flik bilan uchrashuv o‘tkazib, pasayish sabablarini o‘rgangan. Sport direktori chempionatdagi muvaffaqiyatsiz natijalardan xavotirda.
Xans-Diter Flik iyun oyida "Barselona" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U avvalroq ishdan bo‘shatilgan Xavi Ernandesni almashtirdi.