Flik La Liga qaroridan hayratda
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik diskvalifikasiya qilinganidan norozi.
Murabbiy La Liganing avvalgi turida “Betis”ga qarshi o‘yinda (2:2) qizil kartochka oldi. Mutaxassis ikki o‘yinga diskvalifikasiya bilan jazolandi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Flik bu hukmdan hayratda qolgan. Manbaga ko‘ra, murabbiy hatto faoliyati davomida hech qachon bunday holatga duch kelmaganini tan olgan.
"Barselona" 2024 yil oxirigacha qolgan ikkita o‘yinni Fliksiz o‘tkazishi kerak. Yakshanba kuni "ko‘k-anorranglilar" "Leganes" bilan, 21 dekabr kuni esa "Atletiko Madrid" bilan to‘qnash kelishadi.