Kuchli klublar PSV hujumchisiga e’tibor qaratmoqda
PSVning 21 yoshli hujumchisi Rikardo Pepi xizmatiga "Liverpul", “Atletiko” va “Borussiya Dortmund” klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, jamoalar amerikalik futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha Niderandiya klubiga so‘rov yuborishgan. PSV o‘ziga mos taklif tushsa, Pepi sotishni ko‘rib chiqadi.
Joriy mavsumda Rikardo Pepi barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.