Slot Kyezaning yangi muammosi haqida gapirdi
"Liverpul" vingeri Federiko Kyeza sog‘ligidagi muammolar tufayli yana safdan chiqdi.
O‘tgan hafta italiyalik sentyabr oyidan beri ilk bor maydonga tushgandi. To‘rt kundan so‘ng, "qizillar" Premyer-ligada "Tottenxem" bilan o‘ynaganida, "Yuventus"ning sobiq futbolchisi yana tarkibda yo‘q edi.
"Kyeza o‘zini yaxshi his qilmayapti. Bu uyat, chunki u yaqinda "Sautgempton" bilan daqiqalar o‘tkazdi. U so‘nggi ikki-uch kundan beri kasal bo‘lib qoldi, bugun ham", — dedi Slot.
Payshanba kuni "Liverpul" "Lester"ga qarshi o‘ynaydi.