"Liverpul" bosh murabbiyi: "U bugun maydonga tushadi"
"Liverpul" ustozi klubning yangi futbolchisi uchun Liga kubogi bahsida maydonga tushish imkoniyati haqida gapirdi.
Mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot Federiko Kyeza har qanday holatda ham maydonag tushishini aytdi.
"Uning 90 o‘ynashini kutish mumkin emas ayniqsa uning darajasida, chunki u besh oydan beri muntazam o‘ynamadi. Agar u yaxshi mashg‘ulot o‘tkazsa, u daqiqalar oladi.
Agar biz bir nechta boshlang‘ich o‘yinchini 90 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ishlatmoqchi bo‘lsak, muvozanatni saqlashimiz kerak. Men bor-yo‘g‘i beshta almashtirishni amalga oshirishim mumkin", dedi Arne Slot.
Federiko Kyeza joriy mavsumda “Liverpul” tarkibida uchta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Italiyalik futbolchi “Liverpul”ga 2024 yilning avgustida “Yuventus”dan 12 million yevro evaziga o‘tgan edi.