Kyeza "Liverpul"dan ketishi mumkin
Italiyalik vinger Federiko Kyeza qishki transfer oynasida "Liverpul"ni tark etishi mumkin. Calciomercato xabariga ko‘ra, mersisaydliklar rahbariyati futbolchini ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Bungacha Italiya A Seriyasida o‘ynagan Kyeza vataniga qaytishi mumkin. Turinning "Yuventus" sobiq futbolchisi xizmatlariga "Inter", "Roma" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda.
Federiko Italiyada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.