"Liverpul" Kyeza borasida bir qarorga keldi
Italiyalik hujumchi Federiko Kyeza "Liverpul"dagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Todofichajes portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yanvar oyida futbolchi jamoani o‘zgartirish istagi haqidagi xabarga qaramay, Mersisayd klubi 27 yoshli futbolchi bilan xayrlashmaslikka qaror qilgan. Futbolchi ingliz grandidagi o‘yin amaliyoti miqdoridan norozi. Angliya chempionatida Kyeza bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Federiko 2024 yilning yozida "Liverpul" safiga qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasining muddati 2028 yilda tugaydi. Uning bozor qiymati 30 million yevroga baholanmoqda.