"Bavariya" Devidga e’tibor qaratmoqda
Jonatan Devidga navbatdagi top-klub qiziqib qoldi.
"Bavariya" "Inter," "Yuventus," "Milan," "Barselona" va "Atletiko"dan keyin "Lill" hujumchisini kuzata boshladi.
2025 yil 30 iyunda erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan Kanada terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi Myunxen sport direktori Maks Eberlga yoqadi.
Bundan tashqari, Devid "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devisning yaqin do‘sti.
Liga 1 mavsumining 11 ta o‘yinida hujumchi 7 ta gol urdi.