Bellingemda muammolar bor
Chorshanba kuni kechqurun «Real» qit’alararo kubok finalida «Pachuka»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. «Marca» nashri muxbirlari sovrinni topshirishdan oldin yarim himoyachi Jud Bellingemning tibbiyot xodimlariga murojaat qilganiga e’tibor qaratishdi. Ingliz futbolchisi avval fizioterapevt bilan, so‘ngra tibbiyot xizmati boshlig‘i bilan suhbatlashdi. So‘nggisi Judning oyog‘ini bog‘lashni buyurdi.
Shundan so‘ng Bellingem nishonlashga qaytdi, biroq o‘yinchilar sakrab, «chempionlar» deb hayqirayotganda o‘ng oyog‘iga og‘irlik tushirmaslikka harakat qildi.
Ko‘rinishidan, Jud Bellingem hamon qandaydir mushak muammolarini boshidan kechirayotganga o‘xshaydi.