"Real" afsonasi klubni tabrikladi
"Real"ning sobiq sardori Serxio Ramos klubni qit’alararo kubokdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Karlo Anchelotti shogirdlari finalda meksikalik raqiblari darvozasiga javobsiz uchta gol urib, “Pachuka” ustidan g‘alaba qozonishdi.
Kilian Mbappe, Rodrigo va Vinisius Junior (penaltidan) aniq zarba berishdi.
“Tabriklayman, “Real”. Dunyoning eng yaxshi klubi yorlig‘ini tasdiqlovchi yana bir sovrin”, - deb yozdi 38 yoshli markaziy himoyachi ijtimoiy tarmoqlarda