"Chelsi" sardori jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi
Londonning "Chelsi" klubi o‘ng qanot himoyachisi va sardori Ris Jeyms jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi.
25 yoshli ingliz noyabr oyi oxirida sonidan jarohat olib, safdan chiqqan edi. Yaqin orada u maydonga tushish uchun tibbiy ruxsatnoma olishi kutilmoqda.
Jeyms joriy mavsumda "ko‘klar" safida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda 241 daqiqa maydonda harakat qildi.