Foden ham safga qaytdi
«Manchester Siti» qanot vingeri Fil Foden o‘tkir bronxit kasalligidan tuzalib, jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi.
24 yoshli ingliz hafta oxiriga belgilangan Manchester derbisiga to‘liq tayyor bo‘ladi.
Foden joriy mavsumda jami 17 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 2 ta assist berdi.