«Manchester Siti» yarim himoyachisi safga qaytdi
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateo Kovachich jarohatidan tuzalib, safga qaytdi.
«City Xtra» xabariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi bugun jamoaviy mashg‘ulotlarda ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Kovachich noyabr oyidagi FIFA kunlarida Xorvatiya termasi safida jarohat olgandi.