«Bavariya» yarim himoyachisi safga qaytdi
Myunxenning «Bavariya» klubida Aleksandr Pavlovich jarohatidan tuzalib, safga qaytdi.
20 yoshli germaniyalik tayanch yarim himoyachisi yelkasidan olgan jarohatini davoladi va jamoaning bugungi umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
«Bavariya» ertaga YECHL doirasida «PSJ»ni qabul qiladi.