Gvardiola: «De Bryuynening o‘zi qaror qiladi»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kevin de Bryuynening shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
33 yoshli belgiyalik yarim himoyachi va «shaharliklar» o‘rtasidagi kelishuv 2025 yilning iyun oyida yakunlanadi.
«Bilmayman. Men shuni bilamanki, Kevin o‘zi qaror qiladi, xuddi David Silva yoki boshqalar kabi.
Men uning halol bo‘lishiga ishonchim komil. U shu yerda yoki bu mavsumni yoki keyingi mavsumni o‘zining eng zo‘ri bo‘lgan holda tugatishni xohlaydi», - dedi ispaniyalik mutaxassis.