"Tottenxem" APLning eng sermahsul jamoasi bo‘lib turibdi
Angliya Premyer-ligasining 12-turi yakuniga yetmoqda. Uning natijalariga ko‘ra, chempionatdagi eng sermahsul jamoa "Tottenxem" hisoblanadi.
Ange Postekoglu shogirdlari 12 uchrashuvda 27 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi, bu esa Premyer-ligadagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi. Qizig‘i shundaki, "shporlar" 19 ochko bilan turnir jadvalida bor-yo‘g‘i 6-o‘rinda bormoqda.
Premyer-ligada ko‘rsatkichlar bo‘yicha ikkinchi jamoa "Liverpul"dir. Mersisaydliklar raqiblar darvozasiga 24 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli uchlikni “Chelsi” yakunlab turibdi (23).