La Ligada noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Michel Sanches La Ligada noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
«Jirona»ni boshqarayotgan mutaxassis Diyego Simeone («Atletiko Madrid») va Imanol Alguasil («Real Sosyedad»)ni ortda qoldirib, sovrinni qo‘lga kiritdi.
Bu oyda kataloniyaliklar Ispaniya chempionatida 3 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta g‘alabaga erishdi. «Jirona» 14 turdan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.