De Bryuyne "Manchester Siti"dagi kelajagi haqida gapirdi
Yarim himoyachi Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"dagi kelajagi haqida gapirdi.
"Ochig‘ini aytsam, men hozir bor e’tiborimni jarohatdan xalos bo‘lishga qaratganman va o‘zimni yana avvalgidek his qilmoqchiman. Muzokaralar bo‘ladi, ko‘ramiz", - dedi Kevin.
Belgiyalik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadi. Umuman olganda, De Bryuyne joriy mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.