"Manchester Siti" o‘z yetakchisining safga qaytganini e’lon qildi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jarohatidan forig‘ bo‘lib, umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi, deb xabar beradi "shaharliklar" o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
Klubning X sahifasida belgiyalik futbolchining surati aks etgani holda “yaxshi qayting” degan jumla chop etildi.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne 18-sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasidagi “Inter” bilan o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan va futbolchi shundan beri maydonga tushmagandi.