"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne jarohatidan forig‘ bo‘lib, umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qaytdi, deb xabar beradi "shaharliklar" o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.
Klubning X sahifasida belgiyalik futbolchining surati aks etgani holda “yaxshi qayting” degan jumla chop etildi.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne 18-sentyabr kuni Chempionlar ligasi doirasidagi “Inter” bilan o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan va futbolchi shundan beri maydonga tushmagandi.