"Manchester Siti" vingeri yana safdan chiqdi
"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku yana jarohat oldi.
Bu haqda jurnalist Sem Li xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli belgiyalik futbolchining son qismida muammolar bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, futbolchi yaqinda navbatdagi jarohatidan so‘ng maydonga qaytgan edi.
Doku "Manchester Siti"ning "Brayton"ga (1:2) qarshi so‘nggi o‘yinini o‘tkazib yubordi. Umumiy hisobda u barcha turnirlarni hisobga olgan holda maydonda 13 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.