Amorim Yoroga qanday baho bermoqda?
«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim himoyachi Leni Yoroni jamoaning eng iste’dodli futbolchilaridan biri deb hisoblaydi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Amorim 18 yoshli fransiyalik futbolchini o‘z avlodining buyuk iste’dodi deb hisoblagani uchun unga ishonish niyatida. Qayd etilishicha, Yoro jarohatidan tiklanishning so‘nggi bosqichida.
Eslatib o‘tamiz, yozda «Manchester Yunayted» Yoro uchun 62 million yevro to‘lagan, biroq himoyachi yozgi yig‘inda jarohat olgani uchun hali klubda debyut o‘tkazgani yo‘q.