Yarim himoyachi Kevin De Bryuyne "Manchester Siti"dagi kelajagi haqida gapirdi.
"Ochig‘ini aytsam, men hozir bor e’tiborimni jarohatdan xalos bo‘lishga qaratganman va o‘zimni yana avvalgidek his qilmoqchiman. Muzokaralar bo‘ladi, ko‘ramiz", - dedi Kevin.
Belgiyalik futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning iyunida yakuniga yetadi. Umuman olganda, De Bryuyne joriy mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.