Ispan top-klubi yanvar oyidayoq Garnachoni sotib olishga tayyor
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Fichajes portalining xabar berishicha, 20 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, "matraschilar" futbolchini yanvar oyidayoq sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Garnacho joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.