APL. To‘qqizta gol urilgan o‘yinda «Liverpul» safarda «Tottenhem»ni taslim etdi
Angliya chempionatining 17-turi doirasida "Liverpul" mehmonda "Tottenhem"ga qarshi maydonga tushdi hamda yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinda jami 9ta gol urildi:
- 23-daqiqa: Luis Dias hisobni ochdi.
- 36-daqiqa: Aleksis Mak Allister jamoaning ikkinchi golini kiritdi.
- 41-daqiqa: Jeyms Meddison "Tottenhem" uchun bir gol qaytardi.
- 45+1-daqiqa: Dominik Soboslai Muhammad Salohning pasidan foydalanib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘lim:
- 54-daqiqa: Saloh o‘yindagi birinchi golini kiritdi.
- 61-daqiqa: Saloh ikkinchi golni urib, "dubl" qayd etdi.
- 72-daqiqa: Deyan Kulusevski Dominik Solankening pasidan foydalanib, "Tottenhem" uchun yana bir gol urdi.
- 83-daqiqa: Dominik Solanke o‘zi ham gol urdi.
- 85-daqiqa: Luis Dias Salohning pasidan foydalanib, dublga erishdi.
Shu tariqa, Luis Dias "dubl"ga erishgan bo‘lsa, Saloh "2+2" natija qayd etdi.
Ushbu g‘alabadan keyin "Liverpul" o‘z ochkolarini 39 taga yetkazdi va bitta zaxira o‘yiniga ega bo‘lgan holda ta’qibchi "Chelsi"dan 4 ochkoga ilgarilib ketdi.
APL, 17-tur
Tottenxem – Liverpul 3:6 (1:3)
Gollar: 0:1 – 23 Dias, 0:2 – 36 Mak Allister, 1:2 – 41 Meddison, 1:3 – 45+1 Soboslai, 1:4 – 54 Saloh, 1:5 – 61 Saloh, 2:5 – 72 Kulusevski, 3:5 – 83 Solanke, 3:6 – 85 Dias.
Tottenxem – Forster, Spens, Grey, Dregushin, Porro, Bissuma, Sarr (Bergvall, 58), Son Xyong Min (Verner, 82), Meddison (Jonson, 58), Kulusevski, Solanke.
Liverpul – Alisson, Robertson, van Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Mak Allister (Jons, 68), Gravenberx, Gakpo (Diogu Jota, 68), Soboslai, Saloh (Elliot, 87), Dias (Nunyes, 87).
Ogohlantirishlar: Gakpo (31), Soboslai (52), Bergvall (79).