"Leypsig" yanvarda "Barselona"ning sobiq himoyachisini sotib olishga tayyor
Nemis klubi qishki transfer oynasida jamoasini kuchaytirmoqchi.
Relevo xabariga ko‘ra, "Leypsig" hozirda "Selta"da o‘ynayotgan Oskar Mingesani yanvar oyida 20 million yevro evaziga sotib olishga tayyor.
Ma’lumki, bu pulning yarmi keltlarga, qolgan yarmi esa futbolchiga bo‘lgan huquqlarning 50 foizini saqlab qolgan "Barselona"ga yo‘naltirilishi kerak.
Joriy mavsum 25 yoshli Oskar Mingesa Ispaniya chempionatida “Selta” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.