Grizmanning "Sevilya"ga qarshi o‘yindagi g‘alaba goli "Atletiko" tarixiga kirdi
La Liganing 16-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Sevilya" (4:3) uchrashuvida "matraschilar"ning Ispaniya chempionatidagi tarixiy yutug‘iga asos solindi.
33 yoshli fransiyalik hujumchi Antuan Grizmanning Andalusiya jamoasiga qarshi o‘yin so‘nggida urgan goli “Atletiko Madrid”ning La Ligadagi 5000-goli bo‘ldi. Grizmanning o‘zi uchun esa bu gol La Liganing joriy mavsumidagi yettinchi gol bo‘ldi.
Yana shuni qo‘shimcha qilamizki, "Atletiko" Ispaniya chempionatida 16 turdan keyin 35 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Diyego Simeone shogirdlari La Liga peshqadami “Barselona”dan atigi 3 ochko ortda qolmoqda.