"Atletiko" joriy mavsumda 90-daqiqadan keyin 12 ta gol urdi
"Atletiko" joriy mavsumda 90-daqiqada yoki undan keyin 12 ta gol urdi.
Kecha bosh murabbiy Diyego Simeone shogirdlari La Liganing 16-turida Antuan Grizmanning 94-daqiqada kiritgan goli evaziga “Sevilya”ni mag‘lub etishdi (4:3).
Mavsum boshida Grizmann qo‘shib berilgan vaqtda uchta golli uzatmani amalga oshirgandi.
So‘nggi uchta o‘yinda "Atletiko" 90-daqiqadan keyin 4 ta gol urdi. La Liganing avvalgi turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda (5:0) Aleksandr Serlot 92-daqiqada gol urgan bo‘lsa, Ispaniya kubogi doirasida "Kaserenyo"ga qarshi o‘yinda (1:3) madridliklar o‘z hisoblari evaziga g‘alabani ilib ketishdi. 92-daqiqada Peres Gerra va 96-daqiqada Xulian Alvares tomonidan gollar kiritidi.