“Tottenxem” yanvar oyida ispaniyalik himoyachi bilan xayrlashadi
"Tottenxem"ning chap qanot himoyachisi Serxio Regilon "Xetafe"ning nishoniga aylandi. "Shporlar" rahbariyati futbolchi bilan hisoblashmaydi va 27 yoshli ispaniyalikni qishki transfer oynasida sotishga tayyor.
Qayd etilishicha, "Xetafe" jamoani "Real Madrid" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Serxio Regilon bilan kuchaytirmoqchi. 2020 yilda u ispan grandini tark etib, "Tottenxem"ga o‘tdi, keyin esa u uchun 32 million funt to‘ladi. Endi u London jamoasiga kerak emas.
Serxio Regilon joriy mavsum “Tottenxem” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushmadi. 27 yoshli ispaniyalik so‘nggi mavsumning ikkinchi yarmini “Brentford”da o‘tkazgan va klub safida 16 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.