Solanke "Yunayted"ga gol urishni yoqtiradi
"Tottenxem"ning angliyalik hujumchisi Dominik Solanke "Manchester Yunayted" bilan so‘nggi 4 uchrashuvda 5 ta gol urdi.
Bu seriya o‘tgan yili Dominikning sobiq jamoasi "Bornmut" "Old Trafford"da mankunianliklarni 3:0 hisobida mag‘lub etganidan keyin boshlangan. Shundan so‘ng, 2024 yilning aprelida "olchalar" Manchester grandi bilan durang o‘ynashdi va Dominik yana "qizil iblislar" darvozasiga gol urdi.
Yozda klubini o‘zgartirgan Solanke "Shporlar"ning "Manchester Yunayted" ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvida gol urish orqali seriyani davom ettirishga muvaffaq bo‘ldi. Shunday qilib, Angliya Liga kubogi bahsida Dominik mankunianliklar darvozasiga dubl qayd etdi va shu bilan o‘zining golli seriyasini uzaytirdi.