Kolo-Muani APL chempioni radariga tushdi
"PSJ"ning fransiyalik hujumchisi Randal Kolo-Muani "Manchester Siti" futbolchisiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi Fichajes.
26 yoshli hujumchi qishda ingliz klubiga qo‘shilishi mumkin, "shaharliklar" esa ijara imkoniyatlarini o‘rganmoqda. "Manchester Siti" Erling Xolandga o‘rinbosar qidirmoqda va Randal yozda "Atletiko Madrid"ga ko‘chib o‘tgan Xulian Alvares pozisiyasini to‘ldirishi kutilmoqda.
Fransiyalik futbolchining profili Gvardiola qidirayotgan narsaga mos keladi: hujumda bir nechta rollarni o‘ynay oladigan ko‘p qirrali forvard.