«Everton» hujumchisiga APLning ikki klubi qiziqmoqda
«Everton» hujumchisi Dominik Kelvert-Lyuin jamoani tark etishi mumkin, deb yozadi Ekrem Konur.
«Nottingem Forest» va «Tottenxem» 27 yoshli angliyalik futbolchining holatini kuzatib borishmoqda va u bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylashmoqda. Avvalroq Dominik bilan «Nyukasl» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqayotgani haqida ma’lumotlar bor edi.
Kelvert-Lyuin «Everton»da 2016 yilning avgust oyidan beri o‘ynab kelmoqda, o‘shanda u o‘zining «Sheffild Yunayted» klubidan 1,8 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan.
Joriy mavsumda Dominik 13 uchrashuvda 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.