Zinchenko fuqaroligini o‘zgartirishi ham mumkin edi
Yoshligida Aleksandr Zinchenko bilan birga ishlagan ukrainalik murabbiy Sergey Boreskiy Rossiyada futbolchini “Ufa”da o‘ynab yurgan paytlari fuqarolikni qabul qilishga ko‘ndirishga harakat qilishganini aytdi.
"Sasha Rossiyaga ketdi. Professional nuqtai nazardan, Zinchenko uchun, ma’lum bo‘lishicha, "Shaxtyor"dan ketish eng yaxshi variant edi.
O‘shanda u bilan shu mavzuda gaplashgan edik. Uning Rossiya terma jamoasida o‘ynash xayoli yo‘q edi. Zinchenko menga “Ufa”dan ijaraga ketishga tayyorligini aytdi, chunki ular unga bosim o‘tkazishdi, unga Rossiya fuqaroligini olish shartini qo‘yishdi", — deya Boreskiyning so‘zlarini keltiradi “Ukraina Futbol”.