"Barselona" yarim himoyachisi mavsum oxirigacha klubda qolmoqchi
"Barselona" yarim himoyachisi Pablo Torre kataloniyaliklar safida mavsum oxirigacha qolishni va ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishni istaydi. Bu haqda «Mundo Deportivo» nashri xabar berdi.
21 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida 9 ta o‘yinda 3 ta gol urib, 1 ta assist berdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan.