"Barsa" kelasi yozda asosiy e’tiborini qaysi transferga qaratishi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" Bilbaoning "Atletik" klubi futbolchisi Niko Uilyamsni sotib olishga yana urinib ko‘radi.
Kataloniya grandi o‘tgan yozda ispaniyalikni o‘z safiga jalb qilish urinishlarida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Diario Sport xabariga ko‘ra, "Barselona" joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng o‘zining qanot hujumi pozisiyasini mustahkamlamoqchi va bu yo‘lda Uilyamsni asosiy maqsad sifatida ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, 22 yoshli futbolchi "Atletik" bilan shartnomasini uzaytirmasa, uning tovon puli avvalgidek (taxminan 60 million yevro) qoladi. "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati kelishuvni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi.
Shuningdek, Niko Uilyamsga "Real", "PSJ" va "Bavariya" klublari ham qiziqish bildirmoqda.