"Liverpul" afsonasi Van Deykning "Real"ga o‘tib ketishidan xavotirda
Mashhur sobiq futbolchi va "Liverpul" sobiq bosh murabbiyi Grem Suness Virjil van Deykning kelajagi haqida gapirdi.
"Men Van Deykning shartnomasi tugashi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirdaman. Agar uning agenti "Real"ga qo‘ng‘iroq qilsa, ular uni o‘z safiga qo‘shib olishadi. Hozir unga qarab, uning shovqin-suronini ko‘raman. Bu oldin sodir bo‘lmagan. Menimcha, Virjil baxtli emas", - deya Suness so‘zlarini keltiradi Madrid Universal.
Virjil van Deyk 2018 yil boshidan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda yulduz markaziy himoyachi Arne Slot jamoasida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.