Amorim - Reshford bilan bog‘liq vaziyat haqida: "Vaziyat qiyin"
Ruben Amorim o‘z intervyusida Markus Reshfordning so‘zlariga izoh berdi.
"Vaziyat qiyin. Bunday o‘yinchilar atrofida har doim ham o‘yinchiga tegishli bo‘lmagan qarorlarni qabul qiladigan ko‘plab odamlar borligini tushunaman.
Men Markusga ham, boshqa futbolchilarga ham yordam berishga doim tayyorman. Men kerak bo‘lgan narsani qilishim kerak.
Aynan o‘sha odamlar bunday intervyu berishga qaror qilganlar, nafaqat Markus. Men buni tushuna olaman. Murabbiy sifatida o‘yinchining o‘yini va mashg‘ulotlariga e’tibor qarataman. Qolganini vaqti kelganda men va klub hal qilishim kerak. Hozir bor e’tiborimni Markusni yaxshilashga qaratganman, bizga u kabi iqtidorli yigit kerak.
Ayni damda men intervyuni unutib, maydonga e’tibor qaratganman", dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Sky Sports telekanalida.