"Barsa" portugaliyalik futbolchiga qiziqyapti
"Barselona" Portugaliya U-21 terma jamoasi yarim himoyachisi Dario Essuguga qiziqish bildirmoqda.
Kataloniyaliklar joriy mavsum oxirigacha "Sporting"dan "Las-Palmas"ga ijaraga olingan 19 yoshli yarim himoyachining o‘yinini kuzatib borishmoqda.
Essuguga bir qator boshqa top-klublar ham qiziqish bildirmoqda, xususan, "Real", "Manchester Yunayted" va "Liverpul".
Xabar qilinishicha, "Barselona" o‘tgan yozda Essuguni sotib olishga uringan, ammo "Sporting" faqat sotib olish variantini o‘z ichiga olmagan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor edi. Lissabon klubi yarim himoyachiga umid qilmoqda va uning transfer narxi yaqin yillarda sezilarli darajada oshishi mumkinligiga ishonmoqda. Biroq, shunga qaramay, "Barsa" Essugu bilan shartnoma imzolashga harakatni davom ettiryapti.
Dariuning "Sporting" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Uning tovon puli 60 million yevroni tashkil qiladi.