"Liverpul" vingeri ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlaydi
"Liverpul" vingeri Federiko Kyeza klubini o‘zgartirmoqchi.
Mirror Sport xabariga ko‘ra, Kyeza "Liverpul"dan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni yanvar oyida ijaraga berishni so‘ramoqda.
Qayd etilishicha, ingliz klubi futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas, ammo hech kim Federikoning maoshining yarmini to‘lashga tayyor emas.
Kyezaga "Napoli", "Milan" va "Roma" katta qiziqish bildirmoqda.